AQSh Yamandagi mojaro tomonlarini muzokaralarni tiklashga chaqirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“Yamanda zo‘ravonlik avj olgani va og‘ir gumanitar vaziyatdan o‘ta tashvishdamiz. Barcha tomonlarni zudlik bilan asirlarni ozod etish, siyosiy muzokaralarni tiklash va Yaman xalqining uqubatlarini to‘xtatishga chaqiramiz”, — deyiladi Oq Uy xabarida.
Vashington, shuningdek, Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya va isyonchi-xusiylarni Yaman aholisiga gumanitar yordam yetkazishga to‘sqinlik qilmaslikka da’vat etdi.
Izoh (0)