AQSh prezidenti Donald Trampning ma’muriyati 2018-yilning yanvar oyida bir trillion dollar sarflanishi rejalashtirilayotgan mamlakat transport infratuzilmasini qayta tiklash bo‘yicha dasturni taqdim etadi, deb xabar beradi The Wall Street Journal.
Trampning maslahatchilari infratuzilmani rekonstruksiya qilish uchun federal budjetdan 200 milliard dollar ajratishni taklif qilmoqda. Qolgan 800 milliard dollar esa mahalliy hukumat va xususiy investorlar tomonidan jalb qilinishi ko‘zda tutilmoqda.
Buning uchun Amerika prezidenti ma’muriyati federal budjetdagi boshqa qismlar bo‘yicha xarajatlarni kamaytiradi.
Xabarda qayd etilishicha, AQSh kongressi Tramp jamoasining tashabbusini qo‘llab-quvvatlamasligi ham mumkin. Sababi, bunday qadam mamlakat budjetidagi defitsitni yanada oshiradi. Biroq, Tramp jamoasi bu taxminga qarshi fikr bildirmoqda. Ularni loyihani amalga oshirishga sobitligi dasturning AQSh aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga asoslangan.
Izoh (0)