Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan raketalarni kuzatish bo‘yicha hamkorlikdagi o‘quv mashqlariga 11-dekabr, dushanba kuni Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSh kirishdi, deb yozadi “Interfaks”.
Koreya yarim oroli yaqinida bo‘lib o‘tayotgan manyovrlarda uch mamlakatning “Ijis” raketaga qarshi mudofaa tizimlari bilan jihozlangan kemalari qatnashmoqda.
Mashg‘ulotlar chog‘ida ular Shimoliy Koreyaning potensial raketalarini aniqlash va kuzatish hamda olingan axborot bilan ayirboshlashni mashq qiladi.
Izoh (0)