Ukrainaning vaqtincha okkupatsiya qilingan hududlar va ko‘chgan shaxslar bo‘yicha vaziri o‘rinbosari Georgiy Tuka Rossiya bilan munosabatlar haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Uning fikricha, yaqin orada Rossiyada hokimiyat o‘zgarmaydi.
“Rossiyada ultrao‘ngchi partiyalar hokimiyatga kelishi imkonsiz deb o‘ylayman. Ular faqat to‘ntarish natijasidagina hokimiyat tepasiga kelishi mumkin. Rossiya bilan munosabatlarga kelsak, ular pragmatik bo‘lishi lozim”, — dedi amaldor.
Tuka birodar xalqlar va birodarlik tuyg‘ulari haqidagi argumentlarni tushunmasligini ta’kidlab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yaqin istiqbolda siyosiy dushman bo‘lib qolaveradi.
“Rossiya siyosiy jihatdan mustaqil Ukraina dushmani bo‘lib qolaveradi, shu bois bizning asosiy vazifamiz Rossiyani qismlarga bo‘lib tashlashga urinishdir”, — deb so‘ziga yakun yasadi vazir o‘rinbosari.
Izoh (0)