O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi grossmeyter Anton Filippovning O‘zbekiston terma jamoasidan ketishga qaror qilgani borasida tushuntirish berdi. Uning bayoni “Olamsport” nashrida keltirilgan.
O‘ziga bo‘lgan munosabatdan norozi o‘zbekistonlik grossmeyster terma jamoadan ketganini e’lon qildi
Avvalroq Anton Filippov O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun yaratilgan sharoitlardan nolib, bosh jamoa uchun boshqa dona surmasligini ma’lum qilgandi. Bu qarorga grossmeyster unga belgilangan stipendiya to‘xtatilgachgina kelgani aytilgandi.Shaxmat federatsiyasi bosh murabbiyi Farhod Sobirov esa bu fikrlarining aksini bayon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Filippov terma jamoa sharafini himoya qilishdan bosh tortgani uchungina stipendiyadan mahrum qilingan. U 2016-yil Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etgani uchun, federatsiya Filippovga energiya sarfi hamda jismoniy zaxirani tiklashi uchun imtiyoz bergan.
Biroq Filippov sentabr oyi Ashxobodda o‘tgan usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilishdan bosh tortgan. Shuningdek, butun 2017-yil davomida terma jamoa safida musobaqalarda qatnashmagan. Shu tariqa erkaklar termasi a’zolari uchun belgilangan uch stavkaga teng stipendiya to‘xtagan.
Terma a’zolari uchun bu juda oz. Ammo qolgan a’zolar terma sharafini himoya qilib, evaziga hech qanday kompensatsiya olmasa, shaxmatchilar orasida tushunmovchiliklar kelib chiqardi.Anton Filippov stipendiyadan mahrum qilingani haqida Facebook sahifasiga yozgach, grossmeyster Nafisa Mo‘minovaning otasi ham qizi stipendiya olmayotgani borasida izoh qoldirgandi. Bu izohga ayollar termasi ustozi Olga Sobirova javob qaytargan.Farhod Sobirov, terma jamoa ustozi
Nafisa Mo‘minovaga 2017-yilning 1-iyuliga qadar kompensatsiya berildi. Lekin u tug‘uruq ta’tiliga chiqqandi. Buning natijasida Markaziy Osiyo chempionatida, keyinroq usti yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlarida O‘zbekiston jamoasi sharafini himoya qila olmadi. Men uning tug‘uruq davri uchun javobgarlikni bo‘ynimga ololmayman.Sobirovaning e’tirof etishicha, ayollar uchun belgilangan kompensatsiya ham erkaklarniki kabi uch stavkaga teng.Men ayollar termasi a’zolariga xolisona munosabatdaman. Nafisa terma safida musobaqalarda ishtirok etishni boshlashi bilanoq kompensatsiyadan foydalana oladi.
Olga Sobirova, terma jamoa ustozi
Izoh (0)