Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xalqaro olimpiya qo‘mitasining rossiyalik sportchilar yuzasidan chiqargan keskin qaroriga o‘z munosabatini bildirdi.
Rasman: Rossiya delegatsiyasi qishki Olimpiadada ishtirok etmaydi. XOQ bu borada dahshatli qarorlar chiqardi
Gorkiy avtomobil zavodi ishchilari bilan uchrashuv chog‘ida Putin rossiyalik sportchilarning Olimpiada—2018 da ishtirok etishiga qarshilik qilmasligini bildirdi, deb yozdi “Meduza”.Biz to‘siqlarga hech bir shubhasiz qarshimiz. Agar olimpiyachilardan kimdir musobaqada alohida ishtirok etishni istasa, ularning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lmaymiz.“Interfaks”ning Putinga tayanib yozishicha, ko‘plab sportchilar Olimpiadada ishtirok etish uchun butun hayotini bahshida etadi. Shuning uchun ham davlat ularning ishtirokini cheklamaydi va bu borada hech qanday to‘siq qo‘ymaydi.Vladimir Putin, Rossiya prezidenti
Rostini aytish kerak, bu masalada biz qisman aybdormiz, o‘zimiz shunga imkon berib qo‘ydik. Bu kemtikdan esa adolat bilan foydalanishmadi. Chunki bizga bo‘lgan ayblovlardagi faktlar to‘liq isbot qilinmagan.Avvalroq Rossiya Davlat Dumasi deputatlari Pxenchxan—2018 qishki Olimpiadasiga boykot qilish kerakligini aytib, bunga Rossiya bilan aloqalari yaxshi bo‘lgan bir qator davlatlarni ham da’vat etishni boshlagandi.Vladimir Putin, Rossiya prezidenti
Izoh (0)