AQShning Adirondak tog‘larida dam olayotgan oila ko‘l yuzasida aylanuvchi jumboqli disk topdi. Shaharga qaytganidan so‘ng oila juda kamyob hodisani kuzatganini tushunib yetgan, deb yozmoqda “Gazeta.ru”.
Bu hodisa haqida birinchi marta 1997-yilda ilmiy adabiyotda yozilgan. Odatda, disklarning diametri bir metrdan yuz metrgacha bo‘ladi, bunda aylanish tezligi o‘lchamlarga bog‘liq bo‘ladi va taxminan soniyasiga bir burchak darajasini tashkil qiladi. Ularning paydo bo‘lishi suv haroratining o‘zgarishi va uning tig‘izligi bilan bog‘liq.
Disk ostidagi muzlarning erishi past haroratli joyni hosil qiladi. Harorat 4 darajaga yetganida suvning tig‘izligi o‘zining eng yuqori qiymatiga yetadi, suv esa pastga tushgan holda voronka hosil qiladi. Voronka esa ishqalanish hisobiga diskning o‘zini aylanishga majbur qiladi. Diskning shakli kichik muzlarning yopishishi yoki katta muzlarning uchlari yedirilishi natijasida yuzaga keladi.
Izoh (0)