Rossiya adliya vazirligi chet el agentlari ro‘yxatiga “Amerika ovozi” va “Ozodlik radiosi”ni kiritdi, deb yozadi Meduza.
Bundan tashqari, ro‘yxatga “Ozodlik radiosi”ning yettita loyihasi: “Nastoyashcheye vremya” telekanali, “Ozodlik radiosi”ning tatar-boshqird xizmati, “Sibir.Realii”, “Ideal.Realii”, “Faktograf”, “Kavkaz.Realii” va “Krim.Realii” kiritildi.
Noyabrda qabul qilingan qonunga ko‘ra, ushbu OAVlar Rossiya adliya vazirligiga o‘z faoliyati haqida hisobot berishi, shuningdek, o‘z mahsulotlarida ular chet el agentlari ekanligini ko‘rsatishi kerak.
Izoh (0)