Afg‘oniston hukumat kuchlari NATO missiyasi yordamida o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida kamida 80 nafar jangari, jumladan, “Al-Qoida” yetakchilaridan birini yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat xavfsizlik milliy direktoratiga ko‘ra, qo‘shma operatsiya G‘azna, Paktiya va Zabul viloyatlarida o‘tkazildi.
Uning davomida “Al-Qoida” yetakchilaridan biri Umar Kitob (Umar Mansur nomi bilan tanilgan) o‘ldirildi. Guruhning 30 ga yaqin a’zosi qo‘lga olindi.
Kuch tizimi xodimlari orasidagi yo‘qotishlar haqida ma’lumot berilmadi.
Izoh (0)