Jahonning eng yirik neft kompaniyasi — Saudi Aramco yanvar oyida osiyolik mijozlarga yetkaziladigan neft narxini oshirdi. Bu haqda CNBC, arab xizmatiga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Yanvar narxlari barreliga o‘rtacha 0,4 dollarga o‘sdi. Bu etalon navdagi neft barreli qiymatidan 1,65 dollarga ko‘proqdir.
O‘z navbatida, Qatar noyabrda retroaktiv neft narxini barreliga 5,65 dollarga oshirib, narxni 61,45 dollarga yetkazdi.
Quruqlikda olinadigan neft narxi barreliga 5,6 dollarga ko‘tarilib, 63 dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)