Ukrainalik muxolif siyosatchi, Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili xalq tomonidan hibsdan ozod etilib, Rada tomon yo‘l oldi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
Muqaddam Saakashvili Ukraina rasmiylari uni hibsga olishga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytgan edi. Bugun, 5-dekabr kuni kuch tuzilmalari vakillari uning uyida tintuv o‘tkazdi va ushlab ketishga urindi. Ammo to‘plangan olomon siyosatchini ularning qo‘lidan ozod etdi.
Shundan so‘ng Saakashvili ularga boshchilik qilib Rada binosi oldiga bordi va miting tashkil etdi.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, yig‘ilganlar “Banda yo‘qolsin!” deb qichqirmoqda. Saakashvili xalq oldida chiqish qilmoqda.
“RIA Novosti”ga ko‘ra, Rada atrofida o‘rab olingan, qo‘riqlash kuchaytirilgan.
Izoh (0)