Kataloniya hukumatining sobiq rahbari Karles Puchdemon saylov kampaniyasini Bryusselda o‘tkazadi. Bu haqda u boshqaradigan “Birgalikda Kataloniya uchun” blokining faollaridan biri ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“U kampaniyani Bryusseldan olib boradi. Bu bugungi sud eshituvlaridan so‘ng ayon bo‘ldi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
4-dekabr, dushanba kuni Puchdemon va avtomiya hukumatining sobiq 4 a’zosini Ispaniyaga topshirish bo‘yicha eshituvlar davomida sud qarori 14-dekabrda e’lon qilinishi bildirildi.
Ma’lumot uchun, Kataloniya parlamentiga muddatidan avval saylovlar joriy yil 21-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)