Endi Vazirlar Mahkamasidagi to‘rt vazir bizga chet elda o‘qish imkonini bergan “Umid” dasturi bitiruvchilaridir, deb yozdi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov o‘z Facebook sahifasida.
U vazirlar safiga yangi qo‘shilgan “umidchilar” sifatida Tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayevni va Innovatsiyalarni rivojlantirish vaziri Ibrohim Abdurahmonovni tilga oldi.
“Prezident keng qamrovli va mustahkam islohotlar dasturini amalga oshirishga harakat qilmoqda, shu tufayli u ayni paytda chet elda ta’lim olgan va islohotlarni yuqori darajaga ko‘tarish xohishi bo‘lgan kishilarni ko‘proq jalb qilishga alohida e’tibor bermoqda”, — deb yozdi vazir va bu harakatlar o‘z samarasini berishiga ishonch bildirib qoldi.
Eslatib o‘tamiz, hukumat tarkibidagi o‘zgarishlar haqida 28-noyabr kuni ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)