• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: “Ochiq tan olish kerakki, biz o‘z oldimizga qo‘ygan, el-yurtimiz kutayotgan natijalarga hali to‘la erisha olganimiz yo‘q”

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, departamentlar mudirlari, vazirlar, qo‘mita va kompaniyalar raislarining shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish bilan bog‘liq masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Yig‘ilishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

    Yig‘ilishda Prezident qayd etganidek, bugungi kunda ijtimoiy hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Xalqimizning fidokorona mehnati bilan ijobiy samaralarga erishilmoqda. Shu bilan birga, aholini bezovta qilayotgan ko‘pgina muammo va kamchiliklar ham o‘z yechimini kutib turibdi. Odamlarimiz ertaga yoki uzoq kelajakda emas, balki bugun yaxshi yashashni, munosib hayot kechirishni istaydi. Shuning uchun biz olib borilayotgan islohotlarni jadallashtirishimiz, ularning sifati va samaradorligini yanada oshirishimiz zarur, dedi davlat rahbari.

    Shavkat Mirziyoyev o‘z so‘zida kun tartibidagi masalaga chuqur tahlil asosida tanqidiy yondashib, aksariyat rahbarlar tomonidan tartib-intizom va mas’uliyatning bo‘shashtirib yuborilgani, ular o‘z faoliyatini zamon talablari asosida tashkil eta olmayotgani, xizmat vazifasiga loqaydlik va beparvolik bilan munosabatda bo‘layotgani kabi holatlar umumiy natijadorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

    Mana, yaqinda ish faoliyatimizga bir yil to‘ladi, aholimiz, bizga katta umid va ishonch bildirgan xalqimiz oldida amaliy ishlarimiz bilan hisobot beradigan vaqt keldi. Ishga yangicha yondashish, oddiy odamlarning dardi va tashvishi bilan yashash, fidoyilik va jonkuyarlik ko‘rsatish ijro hokimiyatining barcha bo‘g‘indagi rahbar va mutasaddilari faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi zarur, dedi Prezident.

    Ochiq tan olish kerakki, biz o‘z oldimizga qo‘ygan, el-yurtimiz kutayotgan natijalarga hali to‘la erisha olganimiz yo‘q. Bu boradagi ishlarni faollashtirish, yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 27-noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

    Ushbu qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari, hukumat apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining samarali va natijali ishini ta’minlash, ularning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi qayta shakllantirilib, yangi komplekslar va vazirlik tashkil etildi.

    Qarorga binoan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbarlari lavozimlari kiritildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlantirish vazirligi tashkil etildi.

    Ushbu muhim o‘zgarishlarning sabablari haqida so‘z yuritar ekan, Prezident quyidagi fikrlarga alohida urg‘u berdi.

    Birinchidan, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, mamlakat hududlarini rivojlantirishning eng muhim va dolzarb masalalarini hal etishning shakllari va usullarini tubdan o‘zgartirish zarur.

    Ikkinchidan, joriy yil mobaynida viloyatlar, shahar va qishloqlardagi aholining turli qatlamlari bilan o‘tkazilgan muloqotlar natijalari bo‘yicha har bir hudud, har bir oila, har bir fuqaroning hayotiy muammolarini hal qilishga yanada keng e’tibor qaratish kerak.

    Uchinchidan, o‘z zimmasidagi vazifalarni bajarish, zarur natijaga erishishni ta’minlamagani uchun turli bo‘g‘indagi rahbarlarni almashtirish, zamonaviy bilim va malakaga ega bo‘lgan, Vatanga sadoqatli, fidoyi yoshlarga mas’uliyatli lavozimlarni ishonib topshirishni bugun hayotning o‘zi taqozo etmoqda.

    Davlat rahbari O‘zbekistonni har tomonlama rivojlantirish, xalqning hayot darajasi va sifatini oshirish masalasi birinchi navbatda ilm-fan, yuksak texnologiyalar, zamonaviy innovatsion ishlanmalarni amaliyotga keng joriy etish bilan uzviy bog‘liq ekanini ta’kidladi. Va ayni shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining Innovatsion rivojlantirish vazirligi tashkil etilganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

    Bizning saxovatli zaminimiz yer osti va yer usti boyliklariga, inson resurslariga, bilimli va yuqori malakali kadrlarga boy. Lekin, afsuski, biz mana shunday ulkan salohiyatimizdan unumli va samarali foydalana olmayapmiz, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Yig‘ilishda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining barqaror rivojlanishini ta’minlash, jumladan, qat’iy pul-valyuta siyosatini yuritish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, zamonaviy sanoat korxonalari barpo etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, samarali soliq siyosatini shakllantirish, byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish, davlat statistikasi tizimini takomillashtirish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

    Shuningdek, davlat rahbari ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, madaniyat va san’at, jismoniy tarbiya va sport, yoshlar va xotin-qizlar masalalari bilan bog‘liq vazifalarga e’tibor qaratdi.

    Yig‘ilishda Prezident joriy yilda amalga oshirilgan ishlarni chuqur tahlil qilish asosida erishilgan yutuqlarni yanada mustahkamlash, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning takrorlanmasligi uchun barcha zarur choralarni ko‘rish, ayni paytda 2018-yilning birinchi choragida bajariladigan aniq vazifalar bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

    29.11.2017, 09:49   Izoh (0)   21665
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya ShHT hukumat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi

    29.11.2017, 09:40

    “Jihoz-Ventilyatsiya” korxonasi havo-isitish va elektr isitgish qurilmalarini ishlab chiqarmoqda

    29.11.2017, 09:00

    O‘zbekiston kasaba uyushmalari delegatsiyasi Qirg‘izistonda bo‘ldi

    28.11.2017, 23:44

    O‘zbekistonning yangi elchisi Germaniya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

    28.11.2017, 22:54

    Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” a’zolari qo‘lga olindi

    28.11.2017, 22:07

    Hukumatdagi o‘zgarishlar, Ahmadboyning sudlangan shogirdi, o‘zbekistonlik suxandonni taqdirlagan Putin va kunning boshqa muhim xabarlari

    28.11.2017, 21:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Norvegiya Isroilga kiritgan investitsiyalarini qaytarib oladi

    Dunyo | 12 avgust, 14:10

    UFC jangchisi Maykl Peyj Drikus va Chimayev o‘rtasidagi bahsning favoriti kim ekanini aytdi

    Sport | 12 avgust, 13:57

    O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlar tarqatilishi oldi olinadi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 13:45

    Eronda ayol 11 nafar erini o‘ldirganlikda ayblandi

    Dunyo | 12 avgust, 13:19

    Zelenskiy Rossiya armiyasi nazoratidagi hududlardan voz kechishga tayyor — The Telegraph

    Dunyo | 12 avgust, 12:59

    Himolay tog‘larining 97 ta cho‘qqisiga chiqish bepul bo‘ladi

    Dunyo | 12 avgust, 12:45

    “Barselona” prezidenti 2025-yilgi “Oltin to‘p” g‘olibi kim bo‘lishi kerakligini aytdi

    Sport | 12 avgust, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.