O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegatsiyasi Qirg‘izistonda bo‘ldi. Bu haqda Federatsiya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Delegatsiya a’zolarining Qirg‘iziston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Mirbek Asanakulov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda har ikki kasaba uyushmalari vakillarining o‘zaro tashriflari va muloqotlari muntazamlik kasb etayotgani alohida qayd etildi.
Xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoyalash borasida o‘zaro tajriba almashish, turizm, sog‘lomlashtirish va dam oldirish borasida hamkorlikni kuchaytirish zarurligiga to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuvdan so‘ng delegatsiya a’zolari “Ala-archa” milliy bog‘i va Issiqko‘lda bo‘ldi. “Moviy Issiqqo‘l”, “Davlat qarorgohi”, “Qirg‘iz dengizi” , “Issiqko‘l-Avrora” sanatoriylari, shuningdek, tog‘li hududda joylashgan “Yetti O‘g‘iz” sanatoriysi hamda “Kapriz” tog‘ chang‘isi bazasi faoliyati bilan tanishildi.
Xususan, Chingiz Aytmatov nomidagi “Ruh O‘rda” madaniyat markazi delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi. Mazkur markazda qirg‘iz halqi tarixi, madaniyati va urf-odatlari batafsil ma’lumot olish mumkin.
Izoh (0)