Moskvada asli o‘zbekistonlik ayol sevganining uylanganini eshitib, o‘ziga o‘t qo‘ydi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 32 yoshli Dilfuza ismli ayol Sirojiddin ismli yigit bilan O‘zbekistonda uchrasha boshlagan. Olti yil muqaddam ular daromad qidirib Moskvaga ko‘chib o‘tgan. Sirojiddin qurilishda, Dilfuza esa gipermarketda ishlagan.
Bir yil muqaddam juftlik janjallashib qolgan, ayol yetti yoshli bolasi bilan uyiga ketib qolgan. Oradan ikki oy o‘tib, erkak Podolskda istiqomat qiluvchi Natalya ismli bolali ayolga uylangan.
Bir oy o‘tib Dilfuza bu haqda eshitgan va qaytib kelib, u bilan yarashishga uringan.
Dastlabki suhbat tinchlik bilan tugaganiga qaramay, keyinroq mojaro yana avj olgan. Shunda ayol ustidan benzin qгyib, o‘zini yoqib yuborgan.
Qo‘shnilar shu zahoti tibbiyot xodimlarini chaqirgan. Dilfuza va unga yordam berishga uringan Sirojiddin kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ayol tanasining 80 foizi kuygan bo‘lib, ayni paytda u sun’iy nafas olish apparatiga ulangan.
Izoh (0)