Argentinadagi Kaleta-Oliviya shahri sudyasi Marta Yanes mamlakat mudofaa vaziri Oskar Aguadni San Juan suv osti kemasi g‘oyib bo‘lishi ishi bo‘yicha guvoh sifatida ko‘rsatma berishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Todo Noticias telekanaliga ko‘ra, vazir, jumladan, qidiruv operatsiyasining borishi va kema ekipaji ma’lum qilgan nosozliklar haqidagi savollarga javob berishi kerak bo‘ladi. Aguadning ko‘rsatmalari yozma holatda bo‘lishi kutilmoqda.
Sudya Marta Yanes olib borayotgan tekshiruv suv osti kemasini qidirish boshlanganidan so‘ng Argentina harbiy-dengiz kuchlari sudga berilgan ariza asosida boshlandi. Hozircha mazkur ishda ayblanuvchi yoki gumonlanuvchilar yo‘q.
Izoh (0)