Rossiyaning Su-30 qiruvchisi tomonidan to‘xtatib qolingan AQSh josus samolyoti Boltiq janubida, Rossiya chegaralari yaqinida ko‘p soatli parvozlarni amalga oshirgan. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Undan tashqari yana bir josus samolyot bu havo hududiga kirgan edi. Shu tariqa, AQShning Boltiq atrofini razvedka qilgan samolyotlari soni ikkita ekanligi aytildi.
G‘arb aviatsiya resurslariga ko‘ra, AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Shyaulyay shahri yaqinidagi Zoknyay aviabazasidan (Litva) parvoz qilgan P-8A Poseidon patrul samolyoti Kaliningrad viloyati dengiz chegaralari atrofida razvedka parvozini bajardi.
U bilan birgalikda AQSh HDKning Mildenxoll aviabazasidan (Buyuk Britaniya) ko‘tarilgan RC-135W strategik razvedka samolyoti ham Boltiqdagi Rossiya chegaralari yaqinida aylandi.
Izoh (0)