Mobil telefonlarga mo‘ljallangan BankBot bank troyan virusi Google Play o‘yini qiyofasiga kirib, gadjetlarga yuqmoqda. Bu haqda antivirus ishlab chiqaruvchi ESET kompaniyasi ogohlantirdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Virus yuqishining yangi yo‘llari ESET, Avast va SfyLabs kompaniyalarining qo‘shma tadqiqoti natijasida aniqlandi.
“2017 yil oktabre va noyabr oylarida ESET BankBot mobil bankeri tarqalishining yangi yo‘llarini aniqladi. Xakerlar Google Play’ga troyanning yopiq shaklda yuklanishiga mo‘ljallangan mobil dasturni joylashtirgan”, — deyiladi xabarnomada.
Dastlab xakerlik kampaniyalari Google Play’dagi Tornado FlashLight, Lamp For DarkNess va Sea FlashLight yorituvchi dasturlarda qayd qilingan. Ikkinchi bosqichda pasyans o‘yini hamda uskunaning xotirasini tozalovchi softda troyan viruslar borligi ma’lum bo‘ldi.
Izoh (0)