Ispaniya La Ligasining 13-tur bellashuvlari katta ahamiyat kasb etmaydigan “Espanyol” — “Betis” o‘yini bilan yakuniga yetadi.
Unga qadar peshqadam “Barselona” yangi mavsumda ikkinchi bor ochko yo‘qotdi. “Valensiya” maydoniga safar etgan kataloniyalik futbolchilar Xordi Albaning goli sabab mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.
“Barselona” ortda qolgan 13 ta bellashuvning 11 tasida zafar quchgan va 2 tasida durang o‘ynagan. Klub bunga qadar 8-tur doirasida Madridga tashrif buyurib, “Atletiko” bilan ham durang o‘ynagandi — 1:1. Ayni vaqtda jamoa poytaxt yetakchilaridan 8 ochko ilgarilab ketgan.
La Liga. “Real” va “Atletiko” o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozondi. Bugun “Barselona” “Valensiya”ga qarshi maydonga tushadi
“Valensiya” esa Kataloniya va Madrid yetakchilarining o‘rtasida joylashgan. Har ikki tomon bilan oradagi farq 4 tani tashkil qiladi. Ortda qolgan 13 ta bellashuvda “ko‘rshapalaklar”ni mag‘lub etadigan klub topilmadi. Marselino shogirdlari “Barselona”ga qadar “Real” va “Atletiko” bilan ham durang o‘ynagan, “Sevilya”ni yirik hisobda taslim qilgandi.Yakshanba oqshomidagi ikkinchi raqamli markaziy o‘yin “Vilyarreal” maydonida o‘tib, unda 2 ta gol farqi bilan ortda borayotgan “Sevilya” yakunda irodali g‘alabani tantana qildi.
Ispaniya La Ligasi 13-tur bellashuvlari 26-noyabr, yakshanba
Izoh (0)