Noyabr oyining oxirida Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan motorshouda Infiniti kompaniyasi o‘zining yangi modelini taqdim etadi, deb xabar berdi “Motor”.
Model haqida hozircha batafsil ma’lumotlar yo‘q — ishlab chiqaruvchi faqatgina bitta tizerni taqdim etdi, undan ko‘rish mumkinki, yangi model yo‘ltanlamas bo‘ladi.
Infiniti’ning ma’lum qilishicha, ushbu avtomobil marka dizaynerlik konsepsiyasini rivojlanishini ko‘rsatib beradi. U “mutlaqo yangi texnologiyalar”ga va o‘z klassida eng keng interyerga ega bo‘ladi.
Avvalroq, Infiniti kompaniyasi Los-Anjelesdagi shouga o‘z tarixidagi “eng mukammal” modelni tayyorlayotgani haqida xabar berilgandi.
Kompaniya 2019-yilga elektromobil ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan edi. AQShdagi motorshouda premyerasi bo‘lishi kutilayotgan modelning ushbu elektromobilga aloqasi bor yoki yo‘qligi noma‘lum.
Izoh (0)