Rejissor Durdona To‘laganovaning “O‘g‘ri” filmi noyabr oyining uchinchi haftasida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmi bo‘ldi. Bu haqda, Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslanib, jurnalist Feruz Muhammad ma’lum qildi.
Noyabr oyining uchinchi haftasi kinoreytingida “O‘g‘ri” filmidan keyingi o‘rinlarni Otabek Mirzaxolovning “Labbay rais”, Mirmaqsud Oxunovning “Ada emas, dada”, Azamat Axrorovning “Qaysarginam 2”, Siroj Abdullayevning “Daydi” filmlari band etgan.
Shuningdek, hozirda Alisher Navoiy nomli kinosaroyda “Kulba”, “Sevgimiz uchun”, “Armon”, “Muhabbat yosh tanlamas”, “Ota uyi” kabi filmlar namoyishi davom etmoqda.
13-noyabr— 19-noyabr oralig‘ida eng ko‘p tomoshabin to‘plagan o‘zbek filmlari
1-o‘rin. “O‘g‘ri” (melodrama)Rejissor – Durdona To‘laganova2-o‘rin. “Labbay rais” (komediya)Rejissor – Otabek Mirzaxolov
3-o‘rin. “Ada emas, dada” (komediya)Rejissor – Mirmaqsud Oxunov
4-o‘rin. “Qaysarginam 2” (komediya)Rejissor – Azamat Axrorov
5-o‘rin. “Daydi” (jangari)Rejissor – Siroj Abdullayev
Izoh (0)