Zimbabve prezidenti mansabini Robert Mugabedan keyin Emmerson Mnangagva egallaydi. Bu haqda, Associated Press agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Mamlakat parlamenti yangi davlat rahbari 24-noyabr kuni mansabiga kirishishini ma’lum qildi. Yaqin vaqt ichida Mnangagva poytaxt Xararening harbiy aerodromiga yetib kelishi kutilmoqda.ZBC telekompaniyasiga ko‘ra, hozirda Mnangagva mamlakatdan tashqarida. Ilgari u vitse-prezident lavozimini egallagan.
Muqaddam Zimbabve parlamenti spikeri mamlakatni 37 yil davomida boshqarib kelgan prezident Robert Mugabe iste’foga chiqqanini e’lon qilgan edi.
Izoh (0)