Toshkentda beruxsat yig‘ilish o‘tkazishda ayblanib ma’muriy javobgarlikka tortilgan jamoat faoli Mariya Legler jamoatchilikka murojaat yo‘llab, uni tinch qo‘yishni so‘radi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
“Mendan xavotir olgan, menga yordam berishni xohlagan hammadan minnatdorman. Jahlim buning uchun emas, kimdir pul yig‘ib, shu orqali layk to‘plashga yoki kimlarnidir tushunarsiz ‘xayriya yordami’ga tortishga intilayotganidan jahlim chiqmayapti”, — deb yozdi u Facebook’dagi sahifasida.
“Facebook’dagi axborot tufayli bu qadar osonlikcha jazavaga tushish mumkin emas. Men shunday qildim, buning natijasida o‘z ahmoqligim tufayli munosib jazoimni olganimni tushundim” — qayd qilib o‘tdi ayol.
“Hozir men xohlayotgan bir narsa — sizlarning provokatsion hamlalaringsiz o‘zimning odatiy hayotimga qaytish”, — qo‘shimcha qildi Mariya Legler.
2–3-iyun kunlari Irina Zaydman (Shohnazarova) va Mariya Legler (Golovko) ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni Jasurbek Ibrohimov ishi yuzasidan petitsiya imzolashga to‘planishga chaqirgan edi. Ular imzo to‘plash yeri va vaqtini aniqlagan, shuningdek, petitsiya matnini tuzgan edi.
Biroz muddatdan so‘ng ular ruxsatsiz yig‘ilish tashkil etgani uchun javobgarlikka tortildi.
Izoh (0)