Farg‘ona shahrining Nurafshon ko‘chasida zamonaviy uy-joylar foydalanishga topshirildi. O‘zA axborotiga ko‘ra, tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev so‘zga chiqqan.
“Yangi zamon binosi” kompaniyasi quruvchilari tomonidan bunyod etilgan bu uy-joylar ichimlik suvi, kanalizatsiya tizimi, tabiiy gaz tarmoqlariga ulangan. Qayd etishlaricha, xonadonlar imtiyozli kreditlash tizimi asosida yosh oilalarga ham berilmoqda.
O‘zAning qo‘shimcha qilishicha, 2018-yilgi dastur asosida mazkur hududda yana 10 ta 7 qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)