O‘zbekiston Oliy Ligasining 29-turidan joy olgan “Nasaf” — “Paxtakor” o‘yini PFL tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Tashkilot matbuot xizmatining xabar berishicha, qo‘mita asosiy e’tiborini o‘yindan keyingi holatga qaratgan.
“Paxtakor” darvozaboni Aleksandr Lobanov o‘yin yakuniga yetgach, “Nasaf” muxlislari tomonidan haqorat qilindi. Bunga javoban darvozabon ham ularni haqorat qilib o‘tdi.
O‘yinning ertasiga “Paxtakor” rahbariyati yig‘ilish o‘tkazib, darvozabon Aleksandr Lobanovni tanqid ostiga oldi hamda uni jarimaga soldi. Shuningdek, “Paxtakor” bu kabi ishlarga qarshi ekani ma’lum qilindi.
Futbol muxlislarini haqorat qilgan Aleksandr Lobanovni “Paxtakor” jarimaga tortdi. Darvozabon uzr so‘radi
O‘z navbatida PFL ham Lobanovning hatti-harakatini o‘rganib chiqib, “Paxtakor”ni 50 million so‘m jarimaga tortdi.Shuningdek, PFL “Nasaf” fanatlarini muxlislik madaniyatiga zid harakat qildi deb hisoblab, Qarshi klubini 100 million so‘m jarimaga tortdi. Agar “Nasaf” muxlislari bu kabi harakatni takrorlasa, jamoa keyingi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz stadionda o‘tkazishi borasida ogohlantirildi.
Izoh (0)