Nyu-York Janubiy okrugi prokurori Jun Kim eronlik Behzod Mesrini internet-qalloblikda, pul undirish va maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashda aybladi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, u may–avgust oylarida NVO telekanali saytini buzib kirib, u yerdan maxfiy ma’lumotlarni, shu jumladan, “Ikki” va “O‘yinchilar” seriallarining hali namoyish qilinmagan qismlarini hamda “Taxtlar o‘yini”ning bir qancha ssenariylarini o‘g‘irlagan. So‘ng Behzod Mesri telekanalni shantaj qilib, 6 million dollar talab qilgan, aks holda ssenariylarni internetda e’lon qilib yuborishini aytib tahdid qilgan. Telekanal rahbariyati u bilan kelishuvdan bosh tortganidan so‘ng ayrim materiallar internetda tarqatib yuborilgan.
Federal qidiruv byurosi Behzod Mesrini qidiruvga berdi. Ammo, prokuratura ma’lumotlariga qaraganda, u Eronda bo‘lgani uchun xakerni hibsga olib bo‘lmaydi. Ammo unga qarshi ilgari surilgan ayblovlarning ba’zi oqibatlari bo‘ladi.
“U hech qachon Erondan tashqariga chiqa olmaydi, negaki uni hibsga olib, bu yerga yo‘llashlari mumkin”, — tushuntirdi prokuror Jun Kim.
Izoh (0)