Zimbabve parlamenti mamlakat prezidenti Robert Mugabega impichment e’lon qilishga bag‘ishlangan yig‘ilishini boshladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Majlis zalidan olingan surat hukmron “Zimbabve Afrika milliy ittifoqi — Vatanparvarlik fronti” partiyasining Twitter’dagi sahifasida joylashtirildi.
Parlament cpikeri Yakob Mudenda prezidentni chetlatish haqidagi taklif deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilishini e’lon qildi. Impichment jarayoni rasman bir konferens-markazda parlamentning ikki palatasi ishtirokida boshlanishi lozim.
Oldinroq partiya vakillari Mugabega 20-noyabrga qadar o‘z ixtiyoriga ko‘ra iste’foga chiqish imkoniyatini bergan edi.
Bundan tashqari, u partiya raisligidan chetlatilgan edi.
Shunga qaramay, oxirgi chiqishida Mugabe iste’fo bermasligini bildirdi. Ultimatumga ko‘ra, bu holatda partiya unga qarshi impichment e’lon qilishi lozim edi. Shu asosda hukmron partiya Mugabening iste’fosi bo‘yicha rezolyutsiya tayyorladi.
Izoh (0)