Yaponiya hukumati kemalar va yerdagi nishonlarga zarba berishga mo‘ljallangan AQSh “Tomagavk” qanotli raketalari analogini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yomiuri gazetasi xabar berdi, deb yozadi “RBK”.
Gazetada ma’lum qilinishicha, Yaponiya Mudofaa vazirligi shaxsiy qanotli raketalarini 2018-yildayoq yaratishni rejalashtirmoqda. U yapon orollarini himoya qilish uchun qo‘llaniladi. Harbiylar yangi qurol nafaqat mamlakat mudofaa qudratini oshirishi, balki Shimoliy Koreyani tiyib turishiga umid qilmoqda.
Raketa ishlab chiqarish qiymati 7,7 milliard iyenga (68,5 million dollar) baholanmoqda. U 2022-yildayoq tayyor bo‘lishi mumkin. Raketa parvoz davomiyligi 300 kilometrga baholanmoqda. U yerdagi qurilmadan, shuningdek, harbiy kemalar va qiruvchi samolyotlardan uchirilishi mumkin.
Izoh (0)