Ispaniya ichki ishlar vazirligi Belgiya prokuraturasining Kataloniya sobiq yetakchisi Karles Puchdemonning topshirilishi haqidagi sud ishi majlisi boshlanishi arafasida Pireney qirolligidagi qamoqxonalar holati haqidagi so‘roviga javob berdi, deb yozadi “TASS”. Javobda aytilishicha, Ispaniya ekstraditsiya qilingan va ozodlikdan mahrum qilingan taqdirda, siyosatchi bir kishilik kamerani tanlashi yoki uni o‘zining safdoshlari bilan baham ko‘rishi mumkin.
Kataloniya sobiq yetakchisini qamoqda saqlash sharoitlari haqida Belgiya prokuraturasiga yo‘naltirilgan 15 sahifali hujjatda aytiladi. Puchdemon “Ekstremara” qamoqxonasida saqlanadi, u yerda ayni paytda Kataloniya hukumatining boshqa sobiq a’zolari tutib turilibdi. Ta’kidlanishicha, qamoqxonada siyosatchi kuzatuv ostida bo‘ladi, bu unga nisbatan boshqa mahbuslar tomonidan bo‘ladigan tajovuzlarning oldini olish maqsadidadir. Shuningdek, Kataloniya sobiq yetakchisi o‘z advokati bilan aloqani saqlab turishi mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)