Rossiyaning Krasnodar shahridagi kuzatuv kameralaridan biri 13-noyabr soat 16:07 da Daewoo Nexia avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan YTHni tasvirga oldi, deb xabar berdi “1news.uz”.
YTHga uchragan Nexia’ni O‘zbekiston fuqarosi boshqargan. Mashina o‘zidan oldinda ketayotgan avtomobilni quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘lga chiqqan va Toyota Corolla bilan to‘qnashuv sodir etgan.
To‘qnashuvdan so‘ng Nexia o‘z harakat trayektoriyasini keskin o‘zgartirib, eshiklari ochiq turgan “avtomoyka”ga kirib ketgan. U yerda Hyundai va Mercedes avtomobillari va ularga xizmat ko‘rsatayotgan xodim bo‘lgan. Nexia nafaqat mashinalarni, balki ulardan birini yuvayotdan xodimni ham urib yuborgan.
Avariya sababchisiga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketganlik borasida ma’muriy bayonnoma tuzilgan. U 5 ming rubl jarimaga tortilishi yoki yarim yilga haydovchilik guhovnomasidan mahrum qilinishi mumkin. Aniqlanishicha, YTH sodir etgan haydovchi mast bo‘lmagan.
Izoh (0)