Amerikaning Ogayo shtati hukumati qamoqxona shifokorlari 69 yoshli mahbus Alva Kempbellning venasiga o‘lim keltiruvchi dorini kirita olmagani uchun uning qatlini bekor qildi, deb yozadi NBC News.
Kempbell 1997-yilda qurolli o‘g‘rilik chog‘ida 18 yoshli Charlz Dayyelsni otib qo‘ygan. Qotilda ko‘p yillik qamoq davrida ko‘plab kasalliklar, shu jumladan, o‘pka saratoni va og‘ir pnevmoniya aniqlangan. Tos-son suyaklari bo‘g‘inini almashtirish operatsiyasidan buyon u mustaqil yura olmaydi.
Shifokorlar yarim soat davomida shprits bilan uning venasiga tushib, o‘ldiruvchi midazolam dorisini kiritishga uringan, ammo barcha urinishlari bekor ketgan.
Ogayo gubernatori Jon Keysik 2019-yil 5-iyunda Kempbellga o‘lim keltiruvchi dorini inyeksiya sifatida kiritishga yana bir marta urinib ko‘rilishini aytdi, ammo uning advokati bu muvaffaqiyatli kechishiga shubha qilmoqda.
Izoh (0)