Toshkent bozorlarida 1-noyabrdan 30-noyabrga qadar bo‘lgan muddatga asosiy turdagi mahsulotlarning eng yuqori cheklangan narxlari belgilandi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qarori bilan bu mahsulotlarning ro‘yxati tasdiqlandi. Tegishli hujjat Toshkent hokimi hamda mas’ul qo‘mita va tashkilotlar rahbarlari tomonidan imzolandi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahar xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozorida ko‘rsatilgan muddatda kartoshka narxi 2500 so‘m, piyoz narxi 1400 so‘m, sabzi narxi 1500 so‘m bo‘ladi.
Izoh (0)