O‘zbekistonda mamlakat Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilayotgan harbiy-sanoat kompleksiga yoshlar jalb etiladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 14-noyabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.
Memorandum imzolanishiga bag‘ishlangan tadbir davomida mudofaa vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov yoshlarning harbiy-sanoat komlpeksi korxonalariga ishga jalb etilishi haqidagi savolga javob qaytardi.
“Oliy bosh qo‘mondonimiz Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi davomida O‘zbekistonda maxsus texnika va mashinalarni ishlab chiqaruvchi korxonani tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi. Ushbu korxonalarda ish o‘rinlari shakllantirilsa, albatta, yoshlar unga jalb etiladi”, — dedi Aziz Ikromov.
Izoh (0)