14-noyabr kuni Toshkentning Shota Rustaveli va Shahrisabz ko‘chalari o‘rtasidagi ajratuvchi to‘siqlar olib tashlandi.
Xabar berishlaricha, ayni vaqtda “Oybek” metro bekatidan 6-tug‘uruqxonagacha bo‘lgan oraliqdagi to‘siqlarni olib tashlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Avvalroq, iyul oyida Navoiy va Shahrisabz ko‘chalarining O‘rdadan 6-tug‘uruqxonagacha bo‘lgan qismidagi, bundan avvalroq — may oyida esa Mustaqillik shoh ko‘chasidagi ajratuvchi to‘siqlar olib tashlangan edi.
Shahar ma’muriyati ajratuvchi to‘siqlar nima sababdan o‘rnatilib, so‘ng qanday asosda olib tashlanayotganiga hozirga qadar biror izoh berganicha yo‘q.
Izoh (0)