“Sog‘lom avlod uchun” fondi Germaniyaning Friedensdorf International, Janubiy Koreyaning Siloam Center for the Blind, Vision Care Service xalqaro tashkilotlari va boshqa muassasalar bilan o‘rnatgan hamkorlik natijasida turli xastaliklar bilan og‘rigan bemorlarni bepul sog‘lomlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
2015-2017 yillarda Farg‘ona va Buxoro shaharlarida ko‘z sohasida kasalligi bo‘lgan 4 mingga yaqin bemor chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 589 nafar bemorda katarakta xastaligini bartaraf qilish va ko‘z gavharini almashtirish jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, sog‘lomlashtirishga erishildi.
Bu yilgi aksiyada Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida bemorlar Janubiy koreyalik malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazilmoqda. Aniqlangan kasalliklar jarrohlik amaliyoti bilan bartaraf etilmoqda.
Janubiy koreyalik malakali shifokorlar tomonidan o‘tkazilayotgan jarrohlik amaliyotlari viloyat shifokorlarining tajriba va mahoratini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Izoh (0)