14-noyabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Rasman tasdiqlandi: O‘zbekistonda 15-noyabrdan benzin narxi oshadi. Eng arzon benzinning bir litri — 3800 so‘m. Toshkent AYoQShlarida navbatlar. Sal avval “O‘zneftmahsulot” o‘z zarariga benzin yetkazib berayotganini aytgan edi.
2. O‘zbekistonda 2018-yil apreldan tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari oshiriladi. Bu benzin narxi oshishi haqidagi hukumat qarorida belgilab qo‘yilgan.
3. O‘zbekistonda gaz va elektr hisoblagichlar Yevropada ishlab chiqarilganlari bilan almashtiriladi. Gaz ta’minoti obyektlari xususiy operatorlarga berilmaydigan bo‘ldi.
4. Rossiya mudofaa vazirligi AQShning IShID bilan hamkorligiga dalil sifatida videoo‘yin skrinshotini keltirdi. Vazirlik keyinroq bu suratlarni o‘chirib tashladi, lekin ijtimoiy tarmoqlarda hamon kulgi bo‘lmoqda.
5. Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvida O‘zbekiston milliy termasi BAAga imkoniyatni boy berdi. Milliy terma safarda legioner futbolchilarsiz o‘ynadi.
Izoh (0)