O‘zbekistonda 2018-yil 1-apreldan tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston hukumatining 14-noyabrdagi qarorida belgilab qo‘yilgan, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”

Qarorga muvofiq, 2018-yil 1-apreldan tabiiy gaz narxi 10 foizga, elektr energiya narxi esa 12 foizga oshiriladi.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston hukumatining aynan shu qarori bilan 15-noyabrdan boshlab benzin narxlari oshiriladigan bo‘ldi.