Turkiya sharqidagi Van ko‘li tubida bundan 3 ming yil avval, Urartu davlati davrida qurilgani taxmin qilinayotgan qal’a vayronalari topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Maydoni bir kvadrat kilometr atrofida bo‘lgan inshoot 10 metrdan oshiq chuqurlikda aniqlandi. Suv osti tadqiqotlari chog‘ida sherning tosh haykali ham topildi.
Qal’a ko‘ldagi suv sathi oxirgi 100 yil mobaynida 150 metrga ko‘tarilgani tufayli suv ostida qolgani bildirilmoqda.
Mahalliy rasmiylar topilma arxeologlar va sayyoh-dayverlar e’tiborini tortishiga umid qilmoqda.
Izoh (0)