2017-yil 4-noyabr kuni Kosonsoy tumani Chindovul mahallasida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan F.Davronning uyi chordoq qismida o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olib ketildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Viloyat IIB EKB xulosasida ushbu modda sof og‘irligi 781,41 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB TB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)