10-noyabr kuni Saratov viloyatidagi Atkarsk shahri yaqinida xorijiy rusumdagi avtomobil batamom yonib ketdi, deya xabar bermoqda “1news.uz”.
Yong‘in xizmati matbuot xizmati ma’lum qilishicha, kechasi 3:38 da shaharga kiraverishda Chevrolet Captiva avtomobili yonib ketgani haqida qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Yong‘in haqida mashina haydovchisi xabar qilgan. O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ishsiz erkak o‘z o‘rtog‘i bilan Saratov-Tambov trassasi bo‘ylab ketayotgan bo‘lgan. Ular Atkarkka olib boradigan muyulishgacha yetgan va bir qahvaxona yonida to‘xtab, mashina ichida tunamoqchi bo‘lgan. Ular motorni o‘chirmasdan uxlashga yotgan va tutun hididan uyg‘onib ketgan. Erkaklar alangani o‘chira olmagan va yordam so‘rab murojaat qilgan.
Hodisa joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar to‘rt kvadrat metr maydonni egallagan olovni o‘chirdi, ammo avtomobil kuyib kul bo‘lishga ulgurdi. Yong‘in elektr uskunalarning nosozligi tufayli kelib chiqqan.
Izoh (0)