Chexiya tashqi ishlar vazirligi mamlakatda O‘zbekiston, Vyetnam va Mongoliya fuqarolarini birinchi o‘rinda ishga joylashtirish loyihasini amalga oshirishga tayyor, deb yozadi “1news.uz”.
Ishsizlik borasida rekord darajadagi past ko‘rsatkichga qaramay, Chexiya firmalarida sanoat va ishlab chiqarish sohalarida ishchilar tanqisligi kuzatildi.
Ayni paytda birinchi o‘rinda ish bilan ta’minlash loyihasi ukrainaliklar uchun amal qiladi. 12 500 nafar ukrainalik Chexiyada ishlash niyatini bildirdi, ularning 1/3 ga yaqin qismi allaqachon u yerda ishlamoqda va yashamoqda.
Izoh (0)