AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralarini “o‘ta samarali” hisobladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Si Szinpin bilan uchrashuvlarim o‘ta samarali bo‘ldi. Jumladan, savdo va Shimoliy Koreya mavzusi yuzasidan”, — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Shuningdek, Tramp Pekin bilan savdo aylanmasida Vashingtonda katta tanqislik yuzaga kelishida javobgarlikni Xitoyga emas, AQShning avvalgi ma’muriyatlariga yukladi.
“Xitoyni ayblamayman. Hamma ayb Xitoyga AQSh bilan savdoda o‘tib ketish va Qo‘shma Shtatlar milliardlab dollar yo‘qotishiga sabab bo‘lgan oldingi ma’muriyatlar noqobilligida. Nima bilan shug‘ullanayotgani haqida hech qanday tushunchaga ega bo‘lmagan shaxslarni ortda qoldirgani uchun Xitoyni qanday ayblash mumkin? Men ham ularning o‘rnida bo‘lganimda xuddi shunday yo‘l tutgan bo‘lardim!” — ta’kidladi AQSh prezidenti.
Izoh (0)