AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli va Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik bosh direktori Yukiya Amano Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Eron bilan atom bo‘yicha kelishuvni amalga oshirish jarayonini muhokama qildi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikda AQShning BMTdagi doimiy vakili “chuqur bilimga asoslanganlik va yuqori kasbiy mahoratga ijobiy baho bergani” va “Eronning yadro faolligini chuqur tekshirishni qo‘llab-quvvatlashi”ni ma’lum qilgan.
“Xeyli Eron tomonidan atom bo‘yicha xalqaro agentlik xodimlariga to‘laqonli va shaffof imkoniyat yaratib berish muhimligini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)