Samarqandda 10-noyabr kuni, “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiya doirasida mintaqadagi besh mamlakat tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev, Tojikiston TIV rahbari Sirojiddin Aslov, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov qatnashgan.
Xabar berishlaricha, uchrashuvda vazirlar tomonidan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi 2018—2019-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi imzolangan.
Mazkur uchrashuv arafasida Abdulaziz Komilov turkmanistonlik hamkasbi Rashid Meredov bilan uchrashib, O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sherikchilik to‘g‘risidagi Bitim ratifikatsiya yorliqlarini o‘zaro almashish haqidagi bayonnomani imzolagan.
Ushbu bitim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi davomida — 6-mart kuni imzolangan edi. Bitim ratifikatsiya yorliqlari o‘zaro almashilgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Izoh (0)