Misrning Sinay yarim oroli markazida katta yuk mashinalari karvoniga ekstremistlar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, ushbu hujum 9-noyabr kuni IShID terrorchilik tashkilotiga aloqador “Ansor Bayt al-Maqdis” guruhi tomonidan amalga oshirilgan. Terrorchilar Misr armiyasiga tegishli yuk mashinalarini to‘xtatib, haydovchilarni otib tashlagan.
Huquq-tartibot organlaridagi manbalar ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlarning sakkiz nafari noharbiy fuqarolar, qolgan ikkisi esa harbiy xizmatchilardir. Jangarilar harbiylarning qurollarini olib, bu mashinalarni yoqib yuborgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Misr hukumati hozircha hech qanday rasmiy bayonot yo axborot berganicha yo‘q.
Izoh (0)