Yaponiya poytaxti Tokiodan shimolroqda bortida to‘rt kishi ketayotgan yuk vertolyoti quladi. Bu haqda, mahalliy NHK telekanaliga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, vertolyot mahalliy vaqt bilan soat 2:30 da Gumma provinsiyasidagi Ueno qishlog‘ida ko‘prik ustiga qulagan. Shundan so‘ng uchar apparat o‘t olgan.
Avariya uylardan 500 metr narida ro‘y berdi. Bortdagi to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Transportda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi obyekt rekonstruksiyasiga mo‘ljallangan materiallar olib ketilayotgan edi. Vertolyot qo‘shni Yamanasi provinsiyasiga yo‘l olgan edi.
Izoh (0)