Yaponiyaning Kioto shahri sudi 70 yoshli Chisako Kakeyini o‘lim jazosiga hukm etdi. Keksa ayol eri va ikki jazmanini o‘ldirishda, shuningdek, yana bir kishini o‘ldirishga qasd qilganlikda aybdor deb tan olindi, xabar beradi Meduza.
Himoya ayblov yetarli dalil keltirmaganini da’vo qilganiga qaramay, bu foyda qilmadi. Shuningdek, ayolning advokatlari jinoyatlar sodir etgan paytda Kakeyida demensiyaning birinchi simptomlari paydo bo‘lganiga e’tibor qaratgan edi.Sud hukmiga ko‘ra, oxirgi jinoyat sodir etilgan 2013-yili Kakeyi xonim hali xasta emas edi.
Himoya hukm ustidan Oliy sudga apellyatsiya kiritmoqchi.
Chisako Kakeyi 10-iyul kuni birinchi marta sud qarshisida namoyon bo‘ldi. Sud ishi boshlanishidan avval ayol barcha vakolatlarini o‘z advokatlariga berishini aytgan edi, ammo sud majlisida u oxirgi erini o‘ldirganligini darhol tan oldi. Chisako, go‘yoki, buni eri bilan moliyaviy kelishmovchiliklar tufayli amalga oshirgan. Ayol uning ovqatiga sianid sepib qo‘ygan, zaharni esa biznes bo‘yicha sobiq yetkazib beruvchisidan olgan. Ammo keyinroq Chisako sudda qotillikni tan olganini eslay olmasligini aytdi.
Yaponiyalik ayolning avvalgi aloqalari ham shu tarzda yakun topgan: u tanishuv saytlaridan yolg‘iz va boy keksa beva erkaklarni topgan, ularning ishonchiga kirib, turmushga chiqqan, so‘ng ularni zaharlagan.
Izoh (0)