“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi turkiyalik ekspert O‘rxon Sivriqayani strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchi sifatida jalb qildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Turkiyalik maslahatchini jalb qilish masalasi oktabr oyida O‘zbekiston Prezidenti boshchiligidagi delegatsiyaning Turkiyaga tashrifi chog‘ida ko‘rib chiqilgan edi.
O‘rxon Sivriqaya (1967-yili tug‘ilgan) — texnik fanlar doktori, fuqaro aviatsiyasi sohasida mashhur top-menejer. Bosfor universitetini bitirgan Sivriqaya Turkiyada, Yevropada va Shimoliy Amerikada mas’uliyatli mansablarda ishlagan.Yaqingacha u Turkish Airlines aviakompaniyasi vitse-prezidenti lavozimini egallab turgan edi.
O‘rxon Sivriqaya 6-noyabrdan “O‘zbekiston havo yo‘llaridagi” faoliyatini boshladi. Uning javobgarlik sohalari sirasiga aviakompaniya strategiyasini ishlab chiqish, reyslar jadvali optimizatsiyasiva samolyotlar parkini rejalashtirish, marketing va sotuvlar, shuningdek, axborot texnologiyalarini jalb qilish kiradi.
Muqaddam turkiyalik sobiq deputat Sodiq Badak O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga maslahatchi sifatida ish boshlagan edi.
Izoh (0)