6-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi xalqaro aloqalar konselyarisi boshlig‘ining yordamchisi Shen Beyli boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama aloqalarning muhim masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, XXR rivojlanishida yangi davrga o‘tilganini belgilab bergan Xitoy Kommunistik partiyasining XIX syezdi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunlagani o‘zaro manfatlarni aks ettirgan ikki tomonlama munosabatlarning barcha sohalarda izchil chuqurlashishi uchun yangi istiqbollarni ochadi.
Uchrashuvda Xitoy elchisi Sun Litsze ishtirok etdi.
Izoh (0)